YEVROSIYO AYOLLAR GUMANITAR AKADEMIYASI
Bismillahir Rohmanir Rohim
Alloh taologa behisob hamdu sano bo‘lsin!
Eng mukammal salotu salomlar Rasulimiz alayhissalomga bo‘lsin!
2017-yil Rossiya federatsiyasida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining shogirdlari va muxlislari tomonidan "AVTONOMNAYA NEKOMMERCHESKAYA ORGANIZATSIYA "DUXOVNO-PROSVETITELSKIY SENTR MUSULMAN IMENI ShEYXA MUXAMMADA SADIKA" ga asos solindi. Ushbu markaz qoshida Shayx hazratlari nomlaridagi madrasa ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Dastlab erkaklar taʼlim olayotgan madrasada ayollar bo‘limi ham ochildi. Tez orada ilm toliblari soni oshib ketdi.

Keyinchalik pandemiya davrida ko‘p sonli muxlisa ayollar talabiga ko‘ra madrasaning onlayn varianti ham ishga tushdi va o‘zining ilk o‘quv yilini muavaffaqiyat bilan nihoyaladi. Bundan xabar topgan boshqa yurtdagi o‘zbekzabon ayol-qizlarimiz ham mazkur onlayn madrasada tahsil olish istagini bildira boshladilar.

O‘zbek musofirlarimiz ko‘p bo‘lganligi eʼtiboridan Hozirgi kunda Misr va Turkiyada madrasaning jonli (offlayn) filiallari ham faoliyat olib bormoqda.

Dastlab onlayn madrasa Misr, Turkiya, Rossiya va Qirg‘iziston filiallariga bo‘lingna edi, keyinchalik ular birlashtirildi.
Madrasamiz tarixi:
Madrasa nomi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomidagi Muslimaat madrasasi.

Asoschilari: Sergey Yuryevich Zyazin, Nataliya Yusufovna Bariyeva, Odinaxon Bintu Sodiq.
Madrasalar umumiy bir onlayn va uchta jonli madrasalardir.

Idoriy ishlari: Onlayn va offlayn madrasalar hazratimizning muxlis va shogirdlari tomonidan yuritiladi.

O‘qituvchilar: Fanlar sohasi bo‘yicha mutaxassislar va mutaxassislik yo‘lida ketayotganlar. O‘qituvchilar uchun yil bo‘yi malaka oshirish kurslari bo‘lib, har ikki yilda katta mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tadilar.

O‘quvchilar: 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayol qizlar qabul qilinadi. Maktab shahodat nomasi bo‘lishi sharti bilan.
Madrasamiz tashkiliy masalalari:
Muddati: Tayyorlov kursidan tashqari 4 yil.

Dasturi: Asosan qurʼon ilmlari, hadis ilmlari, arab tili, aqida, fiqh, siyrat tarix va tazkiya fanlaridan iborat.

Madasada ikkita yo‘nalish bo‘lib, ular: Mutaxassislar yo‘nalishi va omma xalq yo‘nalishidir. Hozirgi kunda mutaxassislar yo‘nalishi o‘qituvchilarga, omma xalq yo‘nalishi o‘quvchilarga xos.

Beriladigan hujjat: Birinchi yili Rossiyadagi “Aisha” ayol-qizlar klubi tomonidan sertifikat berilishi kutilayotgan edi. Endilikda, Rossiyada yangi ochilgan "Aisha ayol-qizlar akademiyasi"dan xalqaro oliy sertifikat olish imkoniyatiga erishildi. Shuningdek, Misr va Turkiya davlatlarida ham rasmiylashtirish harakatida davom etilmoqda.
Madrasada o’quv
jarayoni:
Madrasamizning asosiy maqsadi dinimizni o‘rganishdir. Uzoq yillar mahrum qilingan va bunga jamiyatimizning har bir aʼzosi haqli bo‘lgan islomiy bilimlarni qaytarishdir. Shuningdek buyuk ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan qolgan buyuk ilmiy merosni o‘rganish va uni keyingi avlodlarga yetkazishdir.

Shayx hazratlari ilmni hammaga tarqatganlar, xalqni maʼrifatli bo‘lishini istaganlar. Asarlarini hamma uchun yozganlar. Ayniqsa, ayol qizlarimizni ilm-maʼrifatli bo‘lishini istaganlar.
Madrasa maqsadi:
Madrasamizda oddiy ayollar, uy bekalari taʼlim olishlari mumkin. Omma halq uchun bo‘lgan dastur har bir mo‘mina muslima kundalik hayotida bilishi zaurur bo‘lgan ilmlardan tashkil topgan.

Shuningdek madrasamiz taʼlimi islomiy fanlar bo‘yicha taʼlim olayotgan talabalar uchun ham asqotadi. Bu yerda beriladigan maʼlumotlar ular uchun ilmiy bazani shakllantirib, boshqa tahsillarini osonlashtiradi, inshaalloh. Dastlab madrasamizda taʼlim olib, keyin asosiy tahsillarga o‘tishlari yoki madrasamiz taʼlimni asosiy tahsillari barobarida olib ketishlari mumkin.
Madrasa kimlar uchun:
Tayyorlov guruhidan tashqari to‘rt yillik dasturiy taʼlimdan keyin mutaxassislik yo‘nalishini ochish. Dastlar bir yil arab tili bilan chuqur shug‘ullanish. Keyingi yillardan yetti sohadan birini tanlab, shu sohalar bo‘yicha taxassurs dasturlarini o‘qish.

O‘zbek fuqarolari gavjum yurtlarda madrasamiz filiallarini ochish
Madrasa rejalari:
ko'p beriladigan savollar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Akademiya haqida
Akademiya yo'nalishlari
Asoschilar
Oflayn ta'lim
Akademiya hamkorlari
Yangiliklar
Akademiya haqida fikrlar
Foundation kursi
Bakalavr kursi
Onlayn kurslar
Xatm Quron kursi